gerb
madhiya
Ishonch telefonlari
logo
jumbomap

«O'ZSTANDART» agentligi

Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi

Davlat Korxonasi

Yagona ishonch telefoni:
0 (0 436) 224-9361 | 0 (0 436) 224-0751

Manzil: 210100, Navoiy sh. Umid q.

Boshqarma boshlig`i: Kamalov Umedjon Abdullaevich

Telefon: (0-436) 224-17-89

Faks: (0-436) 224-17-89

Ishonch telefoni: (0-436) 224-17-89

Elektron pochata manzili: navsmb@standart.uz, navgosstandart@exat.uz

Ish vaqti: Dushanba-juma: 09:00 – 18:00. Tushlik vaqti: 13:00 – 14:00

Hudud web sihifasi o`tish: 


 

Boshqarma nizomi (pdf, 90 Kb)

Tashkilot tuzilmasi:

Lavozimi

F.I.Sh.

Ish telefoni

Boshqarma boshlig’i

Kamolov Umidjon Abdullaevich

(0-436) 224-17-89

Bosh hisobchi

Sadriddinov Ixtiyor Urinbayovich

(0-436) 224-05-19

Standartlashtirish va standartlar ustidan davlat nazorat bo’limi

Bosh mutaxassis

Latipov Fazliddin
Baxtiyorovich

(0-436) 224-68-41

Etakchi mutaxassis

Tuxtaev Jamshid
Qurbonovich

(0-436) 224-68-41

 
     
 

Mutaxassis

Kasimov Mexriddin Latifovich

(0-436) 224-68-41

Texnik personal

Texnik

Qodirova Gulnora Turaqulovna

(0-436) 224-68-41

 

Tashkilot rekvizitlari:

«Navoiy standartlashtirish va metrologiya boshkarmasi»

Manzil: 210100, Navoiy  sh. Tarobiy ko’chasi 185 uy

telefon: 0-436-224-17-89 

Email:, navsmb@standart.uz navgosstandart@exat.uz

sh.x.v: 400110860124017950100155001, STIR: 20002901,  OKONX: 97400

Gaznachilik bulinmasi nomi: Navoiy  vil.gaznachilik boshkarmasi

 x/r: 23402000300 100 001 010

Markaziy bank Toshkent shaxri

Bank kodi: 00014  STIR: 201122919 

Tashkilot tomonidan fuqarolarni shaxsiy masalalar bo’yicha qabul qilish jadvali

Boshqarma boshlig’i

Kamolov Umidjon Abdullaevich

Dushanba,
Juma

08:00 - 11:00

Tashkilot tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar:

  • Me’yoriy xujjatlarni aktuallashtirish va ta’minlash.
  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektlari murojaatlariga ko’ra sinov laboratoriyalarni shaxodatlash. 

Davlat nazorati

Qonun va me’yoriy-huquqiy asoslar:

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari

1993-12-28 № 1002-XII

O’zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to‘g‘risida"gi Qonuni

1993-12-28 № 1004-XII

O`zbekiston Respublikasining "Metrologiya to`g`risida" gi  Qonuni

1993-12-28 № 1006-XII

O`zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida”gi Qonuni

1996-04-26
O`zbekiston Respublikasining "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni

1997-04-25  № 412-I

O’zbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish to’g’risida”gi Qonuni

1997-08-30 № 483-I

O`zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va havsizligi to`g`risida”gi Qonuni

1998-12-24 № 717-I

O`zbekiston Respublikasining "Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida"gi Qonuni

2007-05-03  № O’RQ-97

O’zbekiston Respublikasining “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to’g’risida”gi Qonuni

2009-04-23 № O‘RQ-213

O`zbekiston Respublikasining "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonuni

2013-10-04 № O’RQ-354

O’zbekiston Respublikasining "Muvofiqlikni baholash to’g’risida" Qonuni

2010-06-07 №O’RQ-251

O’zbekiston Respublikasining “Aholi o’rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi“ to’g’risida”gi Qonuni

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari

Nazorat qilinadigan masalalar:

“O‘zstandart” agentligi va uning hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshirishlarda o‘rganib chiqiladigan masalalar

A) Ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik va texnologik hujjatlarining mavjudligi.

B) Ishlab chiqarilayotgan va o‘zlashtirilayotgan, shu jumladan eksport mahsulotlar, korxonaning ishlab chiqarishga tayyorligi, utillashtirishga mo‘ljallangan mahsulot, mahsulotni tekshirish, sinash va sifatini baholash faoliyatlari, zarur o‘lchash vositalari bilan ta’minlanganligi, ularning holati va davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tganligi, mahsulot namunalarining (etalonlarning) muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi, me’yoriy, konstruktorlik, texnologik va tovarga qo‘shib yuboriladigan hujjatlar, texnologik jihozlar va texnologik intizomga rioya qilinishi, mahsulot sifatini ta’minlash tizimi, mahsulotning texnikaviy darajasi va sifati.

V) Ishlab chiqarilayotgan, tayyorlanayotgan, qayta ishlanayotgan mahsulotlar, ishlab chiqarish, sinash, saqlash, qayta ishlash jarayonlariga (ish tartibi, tartibotiga) rioya qilinishi, me’yoriy hujjat va tovarga qo‘shib yuboriladigan hujjatlar, mahsulotni tekshirish va sifatini baholash bo‘yicha faoliyati, muvofiqlik sertifikatining mavjudligi.

G) Transportning texnikaviy holati, me’yoriy hujjatlar, metrologiya qoidalari, transportni ta’mirlash va texnikaviy xizmat ko‘rsatish vaqtida standartlar talablari va qoidalariga rioya qilinishi, ehtiyot qismlarga muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi.

D) Mahsulotni saqlash sharoitlari, mahsulotning sifati, mahsulotning me’yoriy hujjat va tovarga qo‘shib yuboriladigan hujjatlar, saqlash sharoitlarida bo‘lgan hujjatlar, muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi, mahsulotni sinovlarini o‘tkazish.

Ye) Mahsulotni ishlatish (iste’mol qilish) sharoitlari va qoidalari, mahsulot va uning me’yoriy va ekspluatatsion hujjatlari.

J) Ta’mirlangan mahsulotlar (xizmatlar), texnologik jihozlar va texnologik intizomga rioya etilishi, me’yoriy, ta’mirlash hujjatlari, ta’mirlangan mahsulotlarni tekshirish, sinash va sifatini baholash faoliyatlari, qo‘llanilayotgan ehtiyot qismlarga muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi.

Z) Ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar, me’yoriy hujjatlar, muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi.

Ko’riladigan choralar:

Ozstandartagentligi va uning hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subektlari faoliyatida otkazilgan tekshirishlar natijalari boyicha koriladigan tasir choralari va ularning qollanilishi belgilangan qonun hujjatlari
R OY X A T I

1. O‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha ko‘riladigan ta’sir choralari: 

- mahsulotni yaratish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, realizatsiya qilish (yetkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), mahsulotni saqlash, tashish va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;

- mahsulotlarni loyihalash, ishlab chiqarishga tayyorlash, uni ishlab chiqarish, sotish (yetkazib berish) va ishlatish, saqlash, foydalanish jarayonida standartlarning majburiy talablari buzilganligi aniqlansa, ularni bartaraf etish haqida yozma ko‘rsatma berish;

- mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarishga tayyorlash, uni tayyorlash, sotish (yetkazib berish, sotish), foydalanish, saqlash, transportda tashish va foydali tarzda ishlatish bosqichlarida standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish togrisida korsatmalar berish;

- standartlar, sertifikatlashtirish va metrologiya qoidalarining buzilishida aybdor bolgan xojalik faoliyati subektlarining mansabdor shaxslarini va yakka tartibdagi tadbirkorlarni belgilangan tartibda mamuriy javobgarlikka tortish chorasini qollash;

- tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bolgan hollarda on ish kunigacha uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) toxtatib qoyish togrisida korsatmalarni on ish kunigacha berish;

- standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bolgan va davlat royxatidan otkazilmagan import mahsulotni realizatsiya qilishni on ish kunigacha taqiqlash;

- xojalik faoliyati subekti tekshiruvdan boyin tovlagan taqdirda mahsulotni realizatsiya qilishni on ish kunigacha man qilish;

- normativ hujjatlari bolmagan mahsulotni ishlab chiqarishni on ish kunigacha taqiqlash;

- davlat sinovidan, metrologik attestatsiyadan o‘tmagan, tekshirilmagan yoki tuzatilmagan o‘lchov vositalarini muomalaga chiqarishni va qo‘llashni to‘xtatish, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bunday vositalarni muomaladan chiqarish zarur bo‘lganda ularni muomaladan olish to‘g‘risida bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;

- o‘lchov vositalarini ishlab chiqarish va tekshirish ishlarini bajarish huquqini beruvchi “O‘zstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomasini olmagan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlarni o‘n ish kunigacha to‘xtatish;

- muvofiqlik belgilari va muvofiqlik sertifikatlarini bekor qilish va amal qilish muddatini to‘xtatish;

- tekshirish qoidalarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda ishlatilayotgan o‘lchov vositalarini yalpisiga bir vaqtda tekshirishni tayinlash va tekshirishlar o‘rtasida qisqartirilgan oraliqlarni tayinlash, nuqsoni talab darajasidagi aniqlik bilan baholanmagan o‘lchash natijalaridan foydalanishni o‘n ish kunigacha taqiqlash.

2. O‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha ko‘riladigan ta’sir choralari qo‘llanilishi belgilangan qonun hujjatlari:

- O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksi;

- O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 avgustdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risida”gi Nizom.