gerb
madhiya
Ishonch telefonlari
logo
jumbomap

«O'ZSTANDART» agentligi

Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi

Davlat Korxonasi

Yagona ishonch telefoni:
0 (0 436) 224-9361 | 0 (0 436) 224-0751
2018 yil 09 iyun kuni Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasining faollar zalida, Navoiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi, Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi, Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Navoiy viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, Navoiy viloyat “O‘zdavneftgazinspeksiya”, Navoiy viloyat “Sanoatgeokontexnazorat”DI hamda Navoiy viloyat avtomobil transporti agentligi ishtirokida, siqilgan tabiiy va neftdan olingan suyultirilgan gazlarda ishlaydigan avtotransport vositalaridan xavfsiz foydalanish hamda ushbu turdagi yonilg‘i qo‘yish shaxobchalarining belgilangan texnik reglament talablari asosida faoliyat yuritishi yuzasidan hamkorlikda seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda so‘zga chiqganlar siqilgan tabiiy va neftdan olingan suyultirilgan gazlarda ishlaydigan avtotransport vositalaridan xavfsiz foydalanish haqida ma’ruzalarini aytib o‘tishdi. Seminarda Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan AGTKShlar (metan), (propan) korxonalari rahbarlari ishtirok etishdi. Seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi № 326-sonli qarori bilan tasdiqlangan, “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida” gi umumiy texnik reglamenti bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.