gerb
madhiya
Ishonch telefonlari
logo
jumbomap

«O'ZSTANDART» agentligi

Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi

Davlat Korxonasi

Yagona ishonch telefoni:
0 (0 436) 224-9361 | 0 (0 436) 224-0751

 

 

 

"Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi" DK ning yuqori turuvchi organi – O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi) hisoblanadi .

 

“O‘zstandart” agentligi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi vazifalarni hal qilish uchun maxsus vakolat berilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organi hisoblanadi.     “O’zstandart” agentligi o’z faoliyatini amaldagi Qonunchilikka ko’ra bevosita va quyi tizim tashkilotlari orqali amalga oshiradi.

O`zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining “Mаhsulоtlаr vа хizmаtlаrning stаndаrtlаshtirish, mеtrоlоgiya vа sеrtifikаtlаshtirish tizimini tаkоmillаshtirish сhоrа-tаdbirlаri to`g`risidа” 2004 yil 3 avgustdаgi 373-sоnli qаrоrigа asosan “O`zstаndаrt” аgеntligining аsоsiy vаzifаlаri quyidаgilаrdаn ibоrаt:

 

  • “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;
  • standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
  • standartlashtirish, o‘lchovlar yagonaligi, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko‘rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo tizimlar va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirilishini ta’minlash;
  • mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, o‘lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.