gerb
madhiya
Ishonch telefonlari
logo
jumbomap

«O'ZSTANDART» agentligi

Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi

Davlat Korxonasi

Yagona ishonch telefoni:
0 (0 436) 224-9361 | 0 (0 436) 224-0751

Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlari, fermer ho‘jaliklariga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga amaliy yordam berish maqsadida, Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2935 hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 348-son Qarorlariga muvofiq qayta tashkil etildi.

Ushbu qarorlarga muvofiq bugungi kunda Byuro “O‘zstandart” agentligi “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar sinov va sertifikatlashtirish markazlarida bir nafardan vakilga ega bo‘ladi.

Byuroning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

sohaga oid xalqaro va mamlakatlararo talablar yuzasidan bepul konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish;

ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishda standartlar bo‘yicha xalqaro va mamlakatlararo talablarni joriy etish va ular darajasiga erishish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha zarur ma’lumotlarni olish uchun ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga axborot-konsultatsiya yordami ko‘rsatish;

sohaga oid xalqaro va mamlakatlararo talablarni tahlil qiladi va o‘rganadi;

sohaga oid yagona ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va doimiy yangilab boradi;

sohada xorijiy kompaniyalar va firmalar bilan o‘z vakolatlari doirasida bevosita hamkorlik qilish.

“O‘zstandart” agentligining Osiyo, MDH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan xalqaro va mamlakatlararo hamkorlik to‘g‘risida tuzilgan Bitimga muvofiq Byuro ushbu mamlakatlarga eksport qilinadigan mahsulotlar talablari bo‘yicha ma’lumotlarni olib, o‘z faoliyati doirasida qo‘llamoqda.

Byuro o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Savdo-sanoat palatasi, Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab quvvatlash Jamg‘armasi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan qabul qilinayotgan choralarning samardorligini oshirish, hamda Respublikamizda eksport salohiyatini yanada oshirish, maqsadida, horijiy tashkilotlarning mamlakatimizdagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Buning yaqqol misoli sifatida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatning (GIZ) “Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoga ko‘maklashish” Dasturi va BMT Taraqqiyot Dasturining Finlyandiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi ko‘magida “O‘zstandart” agentligining “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi” tomonidan “Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga qanday qilib eksport qilish kerak (meva-sabzavot mahsulotlari misolida)” hamda “Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga qanday qilib eksport qilish kerak (tekstil mahsulotlari misolida)” hamda qo‘llanmalari tayyorlandi.

Respublikamizning barcha tarmoqlari kabi texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, o‘lchovlarning yagonaligini ta’minlash va sertifikatlash sohasida ham tadbirkorlik sub’ektlarini, ayniqsa, eksportyor korxonalarga imtiyozlar yartilgan. Bunga yaqqol misol sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122–sonli «Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq eksportga yetkazib berish uchun ishlab chiqilgan mahsulotlarni majburiy ravishda sertifikatlash bekor qilinganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin.