gerb
madhiya
Ishonch telefonlari
logo
jumbomap

«O'ZSTANDART» agentligi

Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi

Davlat Korxonasi

Yagona ishonch telefoni:
0 (0 436) 224-9361 | 0 (0 436) 224-0751

Avval xabar berganimizdek ,“O‘zstandart” agentligi tomonidan, texnik yo‘nalishda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tugatib, ish bilan band bo‘lmagan mutaxassislarni kasbga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida BEPUL 4 KUNLIK maxsus o‘quv kurslari (keyingi o‘rinlarda “Maxsus o‘quv kursi” deb yuritiladi) o‘z faoliyatini boshladi.

Hozirgi kungacha tashkil qilingan Maxsus o‘quv kurslarida viloyatlar kesimida jami 322 nafar fuqarolar mazkur kurslarda o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tdilar.

Bugugngi kun holatida esa 242 ta faqarolar maxsus kurslarda o‘zlarining malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Hurmatli ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari!

Sizning korxonangizda bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lsa, marhamat siz va sizning sifatli mahsulot ishlab chiqarishingiz uchun har tomonlama yuqori malaka talablariga javob beradigan mutaxassislar ishlashga tayyor.

“O‘zstandart” agentligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriligining hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan maxsus kurslarda yana o‘qish istagida bo‘lganlar hududiy bandlik markazlariga fuqarolik pasporti, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat (diplom) va 1 dona 3x4 o‘lchamdagi rasm (yoki elektron shakli) bilan murojaat etishlari so‘raladi.

Maxsus o‘quv kursi davomida siz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z malakangizni oshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

1. Xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida sifat menejment tizimini joriy qilish va uning samaralari;

2. Tashkilotni xalqro standartlar talablari asosida boshqarish;

3. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi;

4. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ustidan jamoatchilik nazorati va bularning pirovardida esa eksportbop raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish.

Maxsus o‘quv kursi yakunida, faol va namunali ishtirok etgan yurtdoshlarimizga maxsus sertifikatlar topshiriladi hamda sinov va o‘lchov laboratoriyalarining shuningdek Respublikamizdagi korxona va tashkilotlarning bo‘sh ish o‘rinlariga mutaxassisligi bo‘yicha nomzod sifatida tavsiya etiladi.

Maxsus o‘quv kurslari faoliyati davom etadi.

Murojaat uchun “O‘zstandart” agentligining hududiy bo‘linmalari telefonlar raqamlari:

Ташкилот номи

Манзил

Телефон рақами

1

“Ўзстандарт” агентлиги

Тошкент ш., Фаробий кучаси 333 “А” уй

Ишонч телефони (0371) 150-23-00

2

Стандартлаштириш, метрология ва сертификатлаштириш илмий-тадқиқот институти

Тошкент ш., Чўпон ота кўчаси 9 “В”

(0-371) 250-15-00

3

Қорақалпоғистон стандартлаштириш ва метрология бошқармаси

Нукус ш., Гарезсизлик кўчаси 57

(0-361) 222-66-33

4

Андижон стандартлаштириш ва метрология бошқармаси

Андижон ш., Фитрат кўчаси 251

(0-374) 223-87-79

5

Бухоро стандартлаштириш ва метрология бошқармаси

Бухоро ш., Саноат кўчаси 1/2

(0-365) 225-13-11

6

Жиззах стандартлаштириш ва метрология бошқармаси

Жиззах ш., М.Хусаинова кўчаси 20-А

(0-372) 226-37-44

7

Қашқадарё стандартлаштириш ва метрология бошқармаси

Қарши ш., Гулбоғ кўчаси 6

(0-375) 221-18-37

8

Навоий стандартлаштириш ва метрология бошқармаси

Навоий ш., Умид қ.

(0-436) 224-17-89

9

Наманган стандартлаштириш ва метрология бошқармаси

Наманган ш., А.Рахимова кўчаси 56

(0-369) 226-83-27

10

Самарқанд стандартлаштириш ва метрология бошқармаси

Самарқанд ш., А.Темур кўчаси 147-А

(0-366) 222-28-51

11

Сурхондарё стандартлаштириш ва метрология бошқармаси

Термиз ш., Ибн Сино кўчаси 41-уй

(0-376) 227-09-27

12

Сирдарё стандартлаштириш ва метрология бошқармаси

Сирдарё ш., Сайхун кўчаси 2 м/р

(0-367) 225-42-62,

(0-367) 225-34-30

13

Фарғона стандартлаштириш ва метрология бошқармаси

Фарғона ш., М.Касимова кўчаси 119

(0-373) 224-53-65

14

Хоразм стандартлаштириш ва метрология бошқармаси

Урганч ш., Ленинграт кўчаси, 38

(0-362) 770-40-89

15

Тошкент шаҳар стандартлаштириш ва метрология бошқармаси

Тошкент ш., Зафаробод кўчаси 7

(0-371) 249-81-54

16

Тошкент вилояти стандартлаштириш ва метрология бошқармаси

Тошкент ш., Зафаробод кўчаси 7

(0-371) 227-11-60,

(0 371) 227-11-48